Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 34 marta o'qildi

Korxonada 5 kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasi tutiladi.

Mehnat daftarchasiga xodimning ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish kabi ma’lumotlar yoziladi.

Xodimning iltimosiga ko‘ra, mehnat daftarchasiga boshqa yozuvlar kiritilishi mumkin. Bunda, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) yozilmaydi.

2020-yil 1 yanvardan boshlab mehnat daftarchalari Yagona milliy mehnat tizimi orqali elektron shaklda yuritiladi. 

Elektron shakldagi mehnat daftarchalari ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mehnat shartnomalaridagi ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda shakllantiriladigan xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.

2020-yil 1 yanvarga qadar tuzilgan amaldagi mehnat shartnomalari 2020-yil 1 sentyabrdan kechiktirmasdan ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.

 

Chat