
Oilaviy poliklinika, qishloq vrachlik punkti va markaziy tuman (shahar) ko‘p tarmoqli poliklinikadagi tibbiy xizmatlar bepul ko‘rsatiladi.
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bepul bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- eng ko‘p tarqalgan kasalliklar, shikastlanish, zaharlanish va shoshilinch yordam talab etiladigan boshqa holatlarni davolashni;
- sanitariya-gigienaga doir va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar, eng muhim kasalliklarning tibbiy profilaktikasini o‘tkazishni;
- oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tadbirlarini, turar joylarda fuqarolarga tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa chora-tadbirlar ko‘rishni.