Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6727 marta o'qildi

Xodimlar tomonidan davlat yoki jamiyat manfaatlariga doir bajariladigan vazifalar
  • saylov huquqini amalga oshirish;
  • deputatlik va senatorlik vazifalarini bajarish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Konstitutsiyaviy huquqlarga va inson erkinligiga rioya qilish komissiyasi faoliyatida qatnashish;
  • tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ishida ishtirok etish;
  • harbiy burchni bajarish;
  • surishtiruv organlariga, tergovchi, prokuror huzuriga, sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolislar tariqasida (chaqiriq bo‘yicha) borish;
  • xalq maslahatchilari, jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilari, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalari vakillari sifatida sud majlislarida, shuningdek, qonun bilan nazarda tutilgan boshqa hollarda ishtirok etish.

Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish vaqtida ish beruvchi xodimning ish joyini saqlagan holda uni ishdan ozod qilishi shart.

Chat