Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13961 marta o'qildi

Statsionarda tibbiy yordam – bu kechayu kunduz kuzatuv ostida bo‘lish, davolanish va o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam.

Statsionar tibbiy yordam tibbiy-tanlov komissiyasining xulosasi asosida ko‘rsatiladi. Statsionar tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarurligi tasdiqlangan holda — tibbiy tanlov komissiyasi xulosasi asosida mijozga tegishli tibbiyot tashkilotiga yo‘llanma (order) beriladi.

Bemorlarni ixtisoslashtirilmagan statsionarda davolash shifoxonalar, respublika ko‘p tarmoqli klinikalar, tibbiyot yo‘nalishidagi ilmiy tekshirish institutlari va oliy ta’lim muassasalari klinikalari tomonidan amalga oshiriladi.

Bemorning yaqinlari shifoxona va poliklinikada belgilangan soatlarda to‘sqinliksiz uni ko‘rgani kelishi mumkin, agarda bemor tashrif buyurish taqiqlangan bo‘limda bo‘lmasa.

Uch yoshga to‘lmagan bolalar, shuningdek shifokorlarning xulosasiga ko‘ra qo‘shimcha qarovga muhtoj bo‘lgan katta yoshdagi kasali og‘ir bolalar statsionar shifoxonada davolanayotganida ularning otasi yoki onasiga yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa a’zosiga davolash muassasasida uning yonida birga bo‘lishi uchun imkoniyat yaratiladi va mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Shifokor qabuliga havola orqali yozilish mumkin.

Chat