
Bank omonati shartnomasi bo‘yicha bank omonatchidan qabul qilingan yoki uning nomiga kelib tushgan pul mablag‘larini shartnomada belgilangan tartibda qaytarish hamda ular uchun foizlar va (yoki) boshqa daromadlar to‘lash majburiyatini oladi.
Bank omonati shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Omonat qo‘yilganligi omonat daftarchasi, omonat (depozit) sertifikati yoki qonunchilik va bank qoidalariga muvofiq boshqa hujjat bilan tasdiqlanishi mumkin.
Bank omonati:
Omonat bo‘yicha foiz stavkasi, boshqa daromadlar, mablag‘ni to‘ldirib borish imkoniyati, qisman echib olish va boshqa shartlar bank bilan tuzilgan shartnomada belgilanadi.
Ha. Bank, qoida tariqasida, omonatchining talabi bilan omonatni yoki uning bir qismini qaytarishi shart.
Biroq muddatli yoki boshqa shartli omonatni belgilangan muddatdan oldin olish niyati bo‘lsa, omonatchi bankni mablag‘ni olishni rejalashtirayotgan sanadan kamida 1 oy oldin xabardor qilishi kerak.
Bunday omonat muddatidan oldin qaytarilsa, shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, omonat bo‘yicha foizlar yoki boshqa daromadlar to‘lanmaydi. Shu sababli omonatni ochishdan oldin muddatidan oldin echib olish shartlarini tekshirish muhim.
Qonunda nazarda tutilgan istisnolardan tashqari, jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning banklardagi milliy va chet el valyutasidagi omonatlari kafolatlash ob’ektlari hisoblanadi.
Kafolat hodisasi yuz berganda bir bankda bir omonatchiga:
Yo‘q. Qonunda kafolatlanmaydigan mablag‘lar ham belgilangan. Masalan, ayrim moliya tashkilotlari va davlat tashkilotlarining omonatlari, bankning ayrim aloqador shaxslari mablag‘lari, chet eldagi filiallardagi omonatlar, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lar va islomiy banklardagi investitsiyaviy omonatlar umumiy kafolat tizimiga kirmaydi.
Eslatma: omonat ochishda faqat yuqori foiz stavkasiga emas, balki mablag‘ni muddatidan oldin olish shartlari, foiz yoki boshqa daromadni qayta hisoblash tartibi va omonatning kafolatlanishiga ham e’tibor berish kerak.