Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 24533 marta o'qildi

O‘zbekiston banklari omonat stavkalarini pasaytira boshladi

Omonat daftarchasi nimani tasdiqlaydi?

Agar bank va omonatchi o‘rtasidagi kelishuvda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, fuqaro bilan bank omonati shartnomasi tuzilgani va uning hisobvarag‘iga pul mablag‘lari kiritilgani omonat daftarchasi bilan tasdiqlanadi.

Bank omonati shartnomasida egasining nomi yozilgan omonat daftarchasini berish nazarda tutiladi.

Omonat daftarchasida qanday ma’lumotlar bo‘lishi kerak?

Unda:

  • bank yoki tegishli filial nomi va joylashgan manzili;
  • omonat hisobvarag‘i raqami;
  • hisobvaraqqa kiritilgan mablag‘lar;
  • hisobvaraqdan chiqarilgan mablag‘lar;
  • daftarcha bankka taqdim etilgan vaqtdagi qoldiq ko‘rsatilishi va bank tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Agar boshqa holat isbotlanmasa, daftarchada ko‘rsatilgan ma’lumotlar bank bilan omonatchi o‘rtasida hisob-kitob qilish uchun asos hisoblanadi.

Omonatni olish uchun daftarcha taqdim etiladimi?

Ha. Omonat daftarchasi taqdim etilganda bank omonatni beradi, unga tegishli foizlarni to‘laydi va omonatchining hisobvaraqdagi mablag‘ni boshqa shaxslarga o‘tkazish haqidagi topshirig‘ini bajaradi.

Omonat daftarchasi yo‘qolsa nima qilish kerak?

Egasining nomi yozilgan omonat daftarchasi yo‘qolsa yoki foydalanish uchun yaroqsiz holga kelsa, omonatchi bankka ariza berishi mumkin.

Bank arizaga asosan yangi omonat daftarchasini beradi.

Eslatma: omonat daftarchasining yo‘qolishi omonatdagi mablag‘ning yo‘qolganini anglatmaydi. Bunday holatda xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilish kerak.

Chat