Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7466 marta o'qildi

Avtomobilь yo‘llarining turlari

Avtomobilь yo‘llari:

  • umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llari;
  • shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari;
  • xo‘jalik avtomobilь yo‘llariga bo‘linadi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llari hamda shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari davlat mulki hisoblanadi.

Xo‘jalik avtomobilь yo‘llari davlatga, yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lishi mumkin. Ularga texnologik, shoxobcha, xizmat, patrulь va boshqa shu kabi yo‘llar kiradi.

Loyihalash va qurish

Avtomobilь yo‘llarini loyihalash, qurish va rekonstruktsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Qurish yoki rekonstruktsiya qilish uchun ishlab chiqilgan shaharsozlik va loyiha hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak.

Ekspertizada, jumladan:

  • loyiha echimlarining shaharsozlik normalariga muvofiqligi;
  • harakat xavfsizligi;
  • yo‘lning texnik ko‘rsatkichlari;
  • muhandislik kommunikatsiyalari;
  • ekologik va boshqa majburiy talablar tekshiriladi.

Muhim: avtomobilь yo‘liga yangi tutashma yoki kirish-chiqish yo‘lini o‘zboshimchalik bilan qurish mumkin emas.

Muhandislik kommunikatsiyalari

Yo‘l uchun ajratilgan mintaqada elektr, aloqa, gaz, suv, kanalizatsiya va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarini qurish yoki rekonstruktsiya qilish loyihasi yo‘l qaysi tashkilot yoki shaxs ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha sub’ekt bilan kelishilishi kerak.

Agar umumiy foydalanishdagi yo‘l bilan tutashgan yoki uni kesib o‘tgan yo‘l shaharsozlik talablarini buzgan holda qurilsa, vakolatli organ:

  • ob’ektni qayta qurish;
  • hududni dastlabki holatiga keltirish haqida qaror qabul qilishi mumkin.

Ta’mirlash va saqlash

Avtomobilь yo‘lini ta’mirlash va saqlashni yo‘l qaysi davlat organi, yuridik yoki jismoniy shaxs ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha sub’ekt ta’minlaydi.

Bu ishlar ixtisoslashtirilgan yo‘l tashkilotlari orqali bajarilishi mumkin. Temir yo‘l kesishmalari, osma ko‘priklar, parom kechuvlari va boshqa alohida inshootlarni ta’mirlash ular qaysi yuridik shaxs ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha shaxs tomonidan amalga oshiriladi.

Avtomobilь yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash tartibi «Avtomobilь yo‘llari to‘g‘risida»gi Qonun bilan belgilangan.

Chat