Mediatsiya — kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usuli.
Mediatsiya maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi printsiplari asosida amalga oshiriladi.
Mediatsiyada taraflar nizoni hal qilish jarayonida bevosita ishtirok etadi va o‘zaro maqbul echimni o‘zlari belgilaydi.
Taraflar:
Mediatsiya jarayonida taraflarni yarashishga majburlash taqiqlanadi.
Mediatsiya ishtirokchilari jarayonda o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axborotni uni taqdim etgan tarafning, uning huquqiy vorisi yoki vakilining yozma roziligisiz oshkor qilishi mumkin emas.
Shuningdek, mediatsiya ishtirokchilari mediatsiya jarayonida ma’lum bo‘lgan holatlar yuzasidan guvoh sifatida so‘roq qilinishi yoki ulardan mediatsiyaga oid axborot talab qilinishi mumkin emas, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ha. Taraflar mediatorni, mediatsiyani amalga oshirish tartibini, o‘z nuqtai nazarini va uni himoya qilish usullarini tanlashda, axborot olishda hamda mediativ kelishuv shartlarini baholashda teng huquqlarga ega.
Mediator esa mustaqil va xolis bo‘lishi, har ikki tarafning teng ishtirokini ta’minlashi shart.