Mediatsiyaning ishtirokchilari - mediator, jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi.
Mediatsiya taraflarining huquqlari
- mediatorni ixtiyoriy tanlash;
- mediatordan voz kechish;
- mediatsiyaning istalgan bosqichida unda ishtirok etishdan voz kechish;
- mediatsiyada shaxsan yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etish.
Tomonlar kelishuv talablarini belgilangan tartibda va muddatlarda bajarishi shart.
Mediatorning huquqlari
- taraflar bilan uchrashuvlar o‘tkazishga;
- ularga nizoni hal etishga doir tavsiyalar berishga;
- mediatsiya uchun sarflagan xarajatlari qoplanishini talab qilishga haqli.
Mediatorning majburiyatlari
- mediatsiya boshlanguniga qadar taraflarga mediatsiyaning maqsadini, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
- taraflarining roziligi bilan harakat qilishi;
- taraflar o‘zaro kelishuvga erishishi uchun qonuniy usullaridan foydalanishi;
- mediatsiyani xolis o‘tishiga ta’sir qiluvchi holatlar haqida taraflarga ma’lum qilishi shart.
Mediator taraflar oldida mediatsiya natijasida etkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
Mediatsiya jarayonidagi cheklovlar
Mediatsiyani qo‘llash chog‘ida mediator:
- bir nizo bo‘yicha biror-bir tarafning vakili bo‘lishga;
- biror-bir tarafga yuridik maslahat yoki yordam ko‘rsatishga;
- agar u manfaatdor yoki taraflardan birining qarindoshi bo‘lsa, mediator faoliyatini amalga oshirishga; (bular ikkala tarafning o‘zaro roziligi bo‘lgan hollarga tegishli emas)
- taraflarning roziligisiz nizo haqida bayonot berishga haqli emas.
Taraflar, mediator, shuningdek mediatsiyada hozir bo‘lgan boshqa shaxslar muhokamada:
- taraflarning mediatsiyani qo‘llash taklifini yoki unga tayyorligi to‘g‘risidagi ma’lumotni;
- nizoni hal etish bo‘yicha taraflarning fikrlari, takliflarini;
- mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish jarayonida taraflardan biri tomonidan bildirilgan e’tiroflar to‘g‘risidagi;
- taraflardan biri yoki mediatorning nizoni taklif bo‘yicha qabul qilishga tayyorligini oshkor qilishga haqli emas.