Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Yarashuv instituti - jabrlanuvchining yarashuv to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turi sifatida shaxsning aybdorligi masalasini hal etmay turib jinoyat ishlarini tugatishdir.
Barcha jinoyat turlariga nisbatan yarashuv qo‘llanilmaydi. Faqat qonunchilikda belgilangan hollarda qo‘llanilishi mumkin.
Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.