Advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam turlari
- huquqiy masalalar (masalan, meros, mol-mulk, aliment, uy-joy, soliq va h.k) bo‘yicha maslahatlar berish;
- arizalar, shikoyatlar (masalan, prokuratura organiga ariza, fuqarolik sudiga daьvo arizasi va h.k) va boshqa hujjatlarni yozib berish;
- fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sudlarda vakil sifatida ishtirok etish;
- jinoiy ishlar bo‘yicha tergovda va sudda himoyachi sifatida ishtirok etish;
- tadbirkorlarga yuridik xizmat ko‘rsatish.
Advokat shartnoma bo‘yicha davlat organlarida yoki sudlarda vakillikni amalga oshiradi.
Bunda vakil ishonch bildiruvchi nomidan barcha harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Ishonchnomada advokat huquqlari va vakolatlar aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak
- arz qilingan talabdan to‘liq yoki qisman voz kechish;
- uning asosini yoki predmetini o‘zgartirish;
- miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish;
- da’vogarning talablarini tan olish;
- kelishuv bitimi tuzish;
- vakolatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish;
- sud hujjati ustidan shikoyat qilish;
- arizalarni imzolash;
- ijro varaqasini undiruvga taqdim etish;
- undirilgan mol-mulkni yoki pullarni olish.