Iste’molchi tovarning ishlab chiqarilishi, tuzilishi, tarkibi yoki boshqa xususiyatlariga doir nuqsonni aniqlasa, sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi uni ayni shunday markali, modelli yoki artikulli tovarga 7 kun ichida almashtirishi shart.
Agar tovar sifatini qo‘shimcha tekshirish zarur bo‘lsa, almashtirish iste’molchi talab qo‘ygan paytdan boshlab 20 kun ichida amalga oshiriladi.
Ayni shunday markali, modelli yoki artikulli tovar mavjud bo‘lmasa, iste’molchining almashtirish talabi 1 oy ichida qondirilishi kerak.
Cho‘l va olis hududlarda, tovar vaqti-vaqti bilan etkazib beriladigan joylarda talab navbatdagi tovar etkazib berish muddatida, ammo 2 oydan kechiktirmay bajarilishi shart.
Bu muddatlar buzilgan har bir kun uchun sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi iste’molchiga tovar bahosining 1 foizi miqdorida penya to‘laydi.
Kafolat muddati davomida aniqlangan nuqsonlar:
Agar ishlab chiqaruvchining aybi bilan yuzaga kelgan jiddiy nuqson kafolat muddati tugaganidan keyin aniqlansa, iste’molchi uni bepul bartaraf etishni tovarning xizmat muddati davomida, xizmat muddati belgilanmagan bo‘lsa 10 yil ichida talab qilishi mumkin.
Uzoq muddat foydalaniladigan tovar ta’mirga topshirilganda iste’molchi talab qilsa, nuqsonli tovar qaytarilganidan keyin 3 kun ichida unga vaqtincha foydalanish uchun ayni shunday markali tovar bepul berilishi kerak. Etkazib berish xarajati ham sotuvchi zimmasida bo‘ladi.
Biroq ushbu talab ayrim tovarlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Jumladan, avtomobillar va mototsikllar, mebelь, ayrim maishiy elektr priborlari hamda ovqat tayyorlash uchun ishlatiladigan ayrim elektr uskunalari istisno qilingan.
Ha. Vaqtincha foydalanish uchun tovar berish talabi yoki nuqsonni bartaraf etish muddati kechiktirilgan har bir kun uchun sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi tovar narxining 1 foizi miqdorida penya to‘laydi.
Nuqson bartaraf etish uchun tovardan foydalanib bo‘lmagan davrga kafolat muddati ham tegishli ravishda uzaytiriladi.