A1 toifa quyidagi mototransport vositalarini boshqarish huquqini beradi:
Individual harakatlanish vositalari A1 toifasiga kirmaydi.
Muhim: A, B, C yoki D toifasidagi milliy haydovchilik guvohnomasiga ega shaxslar A1 toifasidagi transport vositalarini alohida A1 belgisiz ham boshqarishi mumkin.
Mototsikllar va elektromototsikllar A toifasiga kiradi. Moped va skuterlarning A1 mezonlariga muvofiq keladigan turlari alohida A1 toifasida hisobga olinadi.
Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3 500 kilogrammdan oshmaydigan va haydovchidan tashqari o‘rindiqlari soni 8 tadan oshmaydigan transport vositalari.
Ularga 750 kilogrammgacha tirkama ulanishi mumkin. Og‘irroq tirkama ulanganda tarkibning umumiy ruxsat etilgan vazni 3 500 kilogrammdan oshmasligi kerak.
C toifa — ruxsat etilgan to‘liq vazni 3 500 kilogrammdan ortiq, D toifasiga kirmaydigan transport vositalari.
D toifa — haydovchidan tashqari 8 tadan ortiq o‘rindiqqa ega, yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan transport vositalari.
Ushbu toifalarda 750 kilogrammgacha tirkama ulashga ruxsat etiladi.
Toifalar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori va unga kiritilgan 2025-yil 25-oktabrdagi 676-son qaror asosida belgilanadi.