Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6616 marta o'qildi

Xususiylashtirish ishlarini amalga oshirish uchun tuman (shahar) hokimligiga, korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatlariga (mulkdorga) ariza bilan murojaat qilinadi.

Murojaatni ko‘rib chiqish muddati - 2 oygacha.

Turar joylarni xususiylashtirish davlat uy-joy fondining egasi yoki u vakolat bergan davlat boshqaruvi organi tomonidan amalga oshiriladi.

Xususiylashtirilishi mumkin bo‘lgan uy-joylar
  • ijara shartnomasi asosida fuqarolar foydalanilayotgan ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar;
  • qayta tiklash, ta’mirlanish ishlari tugallangan, ammo odamlar ko‘chib kirmagan va bo‘shatilgan uylarning kvartiralari;
  • yangi qurilgan uylardagi kvartiralar.

Xususiylashtirilmaydigan uy-joylar
  • yopiq harbiy shaharchalardagi uylarning kvartiralari;
  • uy-muzeylar, me’morchilik, tarix va madaniyat yodgorliklari hisoblanuvchi kvartira va uylar;
  • umumiy yotoqlarning xonalari;
  • belgilangan tartibda yashash uchun yaroqsiz deb topilgan kvartiralar;
  • xizmat kvartiralari, xonalari (uylari);
  • ikki va undan ziyod ijarachi yashab turgan kvartiralar agarda ularni xususiylashtirishda barcha ijarachilarning roziligi bo‘lmasa.

Taqdim etiladigan hujjatlar
  • xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarorning (buyruqning) nusxasi;
  • uy-joyni xususiylashtirayotgan fuqaroning pasporti nusxasi;
  • uy daftarining nusxasi (kvartiralar bo‘yicha kartochkaning nusxasi (17-shakl);
  • fuqaroning imtiyozli asosda xususiylashtirish huquqini tasdiqlaydigan ma’lumotnoma.

Fuqarolarning alohida uy, kvartira va xonaga bo‘lgan egalik huquqi turar joy qiymati to‘liq to‘langan (sotib olingan) va order olingan paytdan boshlanadi.

Turar joyning haqini to‘lab va tekinga xususiylashtirilayotgan fuqarolarga uy-joy egasining qarori asosida egalik huquqini beruvchi yagona shaklda belgilangan davlat orderi beriladi.

Chat