Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi ishtirokchisi qonunchilikka muvofiq davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lganda, shaxsiy hisobvarag‘idagi mablag‘larni olish huquqiga ham ega bo‘ladi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovi — fuqaroning shaxsiy hisobvarag‘ida jamg‘arilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan to‘lov.
Oluvchi o‘z xohishiga ko‘ra:
Qismlarga bo‘lib to‘lash muddati va davriyligi fuqaro bilan Xalq banki filiali o‘rtasidagi shartnomada belgilanadi.
Fuqaro keyinchalik hisobvaraqdagi qoldiq mablag‘ni bir yo‘la olish yoki to‘lov muddati va davriyligini o‘zgartirish huquqiga ega.
Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovini olish uchun Xalq banki filialiga murojaat qilinadi.
To‘lovni oluvchi:
Bir yo‘la to‘lash tanlangan bo‘lsa, mablag‘ shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab besh kun ichida to‘lanadi.
To‘lovlar, qoida tariqasida, Xalq banki filiali kassasi orqali amalga oshiriladi.
Oluvchi ob’ektiv sabablarga ko‘ra bank kassasiga kela olmasa, mablag‘ uning manziliga etkazib berilishi mumkin.
To‘lovni oluvchi yashash joyi yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari o‘zgargani haqida Xalq banki filialiga xabar berishi shart.
Fuqaro O‘zbekistondan tashqariga doimiy yashash uchun chiqib ketayotganda, shaxsiy hisobvarag‘idagi jami mablag‘ bir yo‘la to‘liq to‘lanadi.
Fuqaro vafot etganda hisobvaraqdagi mablag‘:
Vafot etgan fuqaroning yaqin qarindoshlariga Xalq bankidagi mavjud mablag‘larni olish imkoniyati haqida xabarnoma yuboriladi.
Xalq banki filialining aybi bilan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, har bir kechiktirilgan kun uchun kechiktirilgan summaning 0,2 foizi, biroq jami 10 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘lanadi.
To‘lov tartibi yoki miqdori bo‘yicha nizo yuzaga kelsa, yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga murojaat qilish mumkin.
«Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonun
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21 dekabrdagi 595-son qarori