Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 65218 marta o'qildi

O'zbekistonda “chiroyli” avtorakam 422 mln so'mga sotildi - Zamin.uz,  06.05.2025

Avtomobilь boshqa shaxsga o‘tkazilganda uning egasi barcha toifadagi davlat raqami belgisini o‘z nomida saqlab qolish uchun Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy bo‘linmasiga ariza berishi mumkin.

Raqamni saqlash muddati

Olib qolingan davlat raqami belgisi:

  • dastlab 12 oy davomida bepul saqlanadi;
  • mazkur muddat tugagach, yana ko‘pi bilan 12 oyga uzaytirilishi mumkin;
  • muddatni uzaytirish uchun 1 BHM miqdorida to‘lov undiriladi.

Saqlash holatini Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi, rasmiy veb-sayti yoki YaIDXP orqali tekshirish mumkin.

Raqamni boshqa avtomobilьga berish

Saqlab qolingan raqam belgilangan shartlar asosida:

  • raqamning avvalgi egasiga;
  • uning yaqin qarindoshiga;
  • transport vositasining umumiy mulkdoriga;
  • merosxo‘riga tegishli avtomobilь uchun qayta berilishi mumkin.

Raqamni qayta berishda qonunchilikda belgilangan tegishli to‘lovlar undiriladi. Ayrim holatlarda yagona oshirilgan to‘lovning 50 foizi to‘lanadi.

Muhim: davlat raqami belgisi fuqaroning xususiy mulki hisoblanmaydi. Uni sotish, garovga qo‘yish yoki qonunchilikda nazarda tutilmagan tartibda boshqa shaxsga berish mumkin emas.

Tanlangan kombinatsiyali raqam

Istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasi bilan berilgan raqamni avtomobilь sotilgandan keyin saqlab qolish uchun belgilangan muddatda alohida murojaat va to‘lov talab qilinadi. Muddat o‘tkazib yuborilsa, kombinatsiya ochiq elektron bazaga qaytarilishi mumkin.

Tartib Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori bilan belgilangan.

Chat