O‘zbekiston hududida chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olishda Oila kodeksida belgilangan umumiy talablarga to‘liq rioya qilinishi shart.
Xorijda yashovchi nomzodlarni hisobga olish va tegishli jarayonlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Nomzodning shaxsan ishtiroki va tegishli diplomatik vakolatxonaning iltimosnomasi talab etiladi.
Bunda quyidagilarning roziligi olinishi lozim:
Muhim! Agar farzandlikka olish natijasida bolaning O‘zbekiston qonunchiligi yoki xalqaro shartnomalarda belgilangan huquqlari buzilsa, farzandlikka olishga yo‘l qo‘yilmaydi. Rasmiylashtirilgan bo‘lsa, u sud tartibida bekor qilinishi lozim.
Bunday farzandlikka olish nomzod fuqarosi bo‘lgan davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladi. U Ijtimoiy himoya milliy agentligining oldindan berilgan ruxsati mavjud bo‘lsa, O‘zbekistonda haqiqiy deb e’tirof etiladi.
Barcha hollarda farzandlikka olish faqat voyaga etmagan bolaning manfaatlarini ta’minlash maqsadida va sud qarori asosida amalga oshiriladi.
Tartib O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 151–167 va 237-moddalari hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori bilan belgilangan.