Boshqa davlat hududida:
o‘sha davlat qonunchiligiga muvofiq tuzilgan nikoh O‘zbekistonda haqiqiy deb e’tirof etiladi. Bunda O‘zbekiston Oila kodeksidagi nikoh tuzishga monelik qiluvchi holatlar mavjud bo‘lmasligi kerak.
Quyidagi holatlarda nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi:
Chet el fuqarolari o‘rtasida boshqa davlatda o‘sha davlat qonunchiligiga rioya etilgan holda tuzilgan nikoh ham O‘zbekistonda haqiqiy deb e’tirof etiladi.
Muhim! Nikohni tan olish va xorijiy nikoh guvohnomasidan O‘zbekistonda rasmiy foydalanish bir xil masala emas. Guvohnoma davlat organiga taqdim etilganda uni legalizatsiya qilish yoki unga apostilь qo‘yish va davlat tiliga tarjima qilish talab etilishi mumkin.
Agar O‘zbekiston bilan hujjat berilgan davlat o‘rtasidagi xalqaro shartnomada hujjatlarni tasdiqlashning soddalashtirilgan tartibi belgilangan bo‘lsa, legalizatsiya yoki apostilь talab qilinmaydi.
Xorijda tuzilgan nikohni O‘zbekistonda e’tirof etish uchun, qoida tariqasida, qaytadan nikohdan o‘tish talab etilmaydi. Biroq nikoh haqidagi ma’lumotni davlat axborot tizimlariga kiritish yoki hujjatdan rasmiy foydalanish uchun FHDYo organiga murojaat qilish zarurati tug‘ilishi mumkin.
Tartib O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16 va 235-moddalari bilan belgilangan.