Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 77118 marta o'qildi

Prokuratura organlari

Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi    boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
  • fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
  • tezkor-qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish;
  • sudlarda jinoyat ishlari ko‘rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni hamda iqtisodiy nizolarni ko‘rishda ishtirok etish, qonunlarga zid bo‘lgan sud hujjatlariga protest keltirish;
  • soliq intizomini mustahkamlashga, soliq, valyuta sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek davlatga etkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
  • ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
  • qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasiga murojaatni onlayn yuborish uchun havolaga o‘ting.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori qabuliga yozilish uchun havolaga o‘ting.

Manzil: 00047, Akademik Ya.G‘ulomov ko‘chasi, 66;

Tel: 0 (371) 232-1007; (ishonch telefoni 1007)

Faks: 0(371) 232-1007;

Veb-sayt: www.prokuratura.uz

Ichki ishlar organlari

Ichki ishlar organlari faoliyatning asosiy yo‘nalishlari:

  • jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash;
  • tergovga qadar tekshiruvni, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv hamda dastlabki tergovni o‘tkazish;
  • jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashish, shu jumladan terrorchilik harakatlariga chek qo‘yishda hamda garovga olinganlarni ozod qilishda ishtirok etish yo‘li bilan kurashish, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashish;
  • ehtiyot choralarini, jinoiy jazoni va jinoiy-huquqiy ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralarini ijro etish, shuningdek shaxslarni qidirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
  • ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish, ma’muriy jazolarni qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etish;
  • yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash;
  • pasport tizimi talablarining bajarilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish va unga kirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, doimiy va vaqtincha yashash uchun ruxsatnomalarni berishga hamda rasmiylashtirishga doir ishlarni, pasport tizimiga va O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishni amalga oshirish;
  • sanoat uchun mo‘ljallangan portlovchi materiallarning, shuningdek pirotexnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning va ular prekursorlarining muomalada bo‘lishi sohasida nazorat qilish;
  • ekspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirish;
  • davlat ob’ektlarini, o‘ta muhim, toifalangan ob’ektlarni va boshqa ob’ektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlash;
  • harbiy-safarbarlik ishlarini va fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirish va boshqalar.

Ichki ishlar vazirligiga murojaatni onlayn yuborish uchun havolaga o‘ting.

Manzil: 100029, Toshkent shahri, Yunus Rajabiy ko‘chasi, 1;

Tel: 0 (371) 231-4110; (ishonch telefoni 1102)

Faks: 0(371) 233-3882;

E-mail: info@mvd.uz

Adliya vazirligi

Adliya organlari faoliyatining asosiy funktsiyalari:

  • davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
  • norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari bo‘yicha va o‘z tashabbusiga ko‘ra qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi;
  • davlat boshqaruvi organlari tomonidan qonun loyihalarini tayyorlashning zarurligi masalalari bo‘yicha oldindan kelishishni amalga oshiradi;
  • qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ularning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonun hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash yuzasidan tahlil qiladi va huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi va boshqalar.

Adliya vazirligiga murojaatni elektron ravishda yuborish uchun havolaga o‘ting.

Murojaatlarni qabul qilish jadvali bilan havolada tanishing.

Manzil: 100047, Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5;

Tel: 0 (371) 233-6475; (ishonch telefoni 1008)

Faks: 0(371) 233-4844;

Veb-sayt: adliya.uz

Davlat xavfsizlik xizmati

Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

  • O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini va davlat manfaatlari tashqi hamda ichki tahdidlardan himoya qilinishini ta’minlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish;
  • O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga bo‘lgan tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo‘yicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish;
  • O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish;
  • terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog‘, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish;
  • davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlariga hamda xavfsizligiga tahdid soluvchi korruptsiya holatlariga qarshi kurashish;
  • tergovi Davlat xavfsizlik xizmati vakolatiga kiritilgan jinoyat ishlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni o‘tkazish, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;
  • davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlarining saqlanishini, maxsus aloqaning xavfsizligini ta’minlash hamda axborotning kriptografik himoyasini tashkil etish ustidan nazorat qilish;
  • davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish va boshqalar.

Davlat xavfsizlik xizmatiga murojaatni elektron ravishda yuborish uchun havolaga o‘ting.

Manzil: 100047, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A. Qodiriy ko‘chasi, 5-A uy

Tel: (71) 239-62-78

O‘zbekiston Respublikasi sudlari

Sudning asosiy vazifalari fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari, xalqaro shartnomalarida, shuningdek inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir.

O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
harbiy sudlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari;
fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari;
tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari;
tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi sudlariga qo‘yidagi havolalar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)

Vakil tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish doirasi:

Vakil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi va u o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.

Vakil uchinchi shaxslarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining muayyan bir kishining yoki bir guruh shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun, basharti ularning bunga roziligi bo‘lsa, qabul qiladi.

Shikoyatlar og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda berilishi mumkin.


Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Islom Karimov ko‘chasi 16 «A» uy;

Elektron manzil: info_ombudsman.uzb@umail.uz

Veb-sayt: www.ombudsman.uz

Chat