Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4686 marta o'qildi

Quyidagilar buyrak transplantatsiyasiga nisbatan qarshi ko‘rsatmalar hisoblanadi:
  • turli xil lokalizatsiyalardagi klinik ahamiyatga ega surunkali va o‘tkir yuqumli xastaliklar, shu jumladan tubyerkulyoz, VICh va boshqalar;
  • oshqozon-ichak traktining yarali jarohatlanishi;
  • retsipiyentlar qon zardobida ilgaridan mavjud bo‘lgan limfotoksikantli tanalarning 30 foizdan ortiq bo‘lishi;
  • surunkali yurak yetishmovchiligi, Pb, III bosqichlari;
  • jigar tsirrozi, faol davridagi gepatit;
  • yurak, bosh miya va oyoqlar qon tomirlarining xastalanishi bilan kechuvchi tarqoq atyerosklyeroz;
  • og‘ir nyevrologik xastaliklar (insulьt va boshqalar);
  • psixik xastaliklar;
  • xatarli yangi o‘smalar;
  • davolanishga ta’sirchanligi bo‘lmagan buyrak va peshob chiqarish yo‘llarining surunkali infeksiyasi.

Quyidagilar jigar bo‘lagi transplantatsiyasiga qarshi ko‘rsatmalar hisoblanadi:
  • hayot uchun muhim organlar faoliyati, shu jumladan markaziy nyerv sistemasi faoliyatining korreksiya qilinmaydigan buzilishlari;
  • jigardan tashqaridagi infeksion jarayon, shu jumladan tubyerkulyoz, OITS yoki boshqa xil davolab bo‘lmaydigan sistemali yoki manbali infeksion holatlar;
  • jigardan tashqari onkologik kasalliklar;
  • jigarning korreksiya qilinmaydigan va hayot bilan nomutanosib bo‘lgan tug‘ma qo‘shimcha kasalliklarning mavjudligi.

Chat