Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 29648 marta o'qildi

Chet el fuqarosi — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lmagan, boshqa davlat fuqaroligiga va o‘zining boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lgan shaxs.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs — O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan va o‘zining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lmagan shaxs.

  • O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
  • O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining qonuni oldida tengdirlar.

O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan, boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘z tanloviga ko‘ra o‘zining amaldagi harakatlanish hujjatlari bo‘yicha joylashtirish joylarida yoki boshqa uy-joy maydonida, shuningdek davolash muassasalarida vaqtincha yashashi mumkin.

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olingan chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi kartasi beriladi.

Identifikatsiyalovchi kartani berish tartibi

Identifikatsiyalovchi kartaning amal qilish muddati
  • yangi tug‘ilgan bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga — 2 yilga;
  • bir yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslarga — 5 yilga;
  • o‘n olti yoshdan oltmish yoshgacha bo‘lgan shaxslarga — 5 yilga;
  • oltmish yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yilga.

Identifikatsiyalovchi kartani bekor qilish

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati vakillik organlari saylovlarida saylovchilar sifatida ishtirok etishi mumkin emas, davlat hokimiyati organlariga saylanishi (tayinlanishi) mumkin emas, O‘zbekiston Respublikasining referendumida, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari saylovida ishtirok etish huquqiga ega emas.

O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar:
  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga rioya etishi;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi;
  • O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini asrab-avaylashi;
  • atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi shart.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish

Chat