Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7997 marta o'qildi

Operator (provayder) tomonidan ko‘rsatiladigan telefon aloqasi xizmatlari universal va qo‘shimcha xizmatlarga bo‘linadi.

Foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan telefon aloqasi xizmatlari ro‘yxati operatorga (provayderga) tegishli litsenziya hamda telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanadi.

Operator (provayder) tomonidan qo‘shimcha va bepul telefon aloqasi xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin.

Quyidagilar qo‘shimcha telefon aloqasi xizmatlari hisoblanadi:
  • telefon apparatlari va boshqa abonent qurilmalarini qayta o‘rnatish, qayta ulash (ulash sxemasini o‘zgartirish);
  • parallel telefon apparatlarini o‘rnatish;
  • telekommunikatsiya tarmog‘ining aloqa kanallarini va fizik zanjirlarini ijaraga berish;
  • ma’lumot-axborot xizmatlari;
  • ma’lumotlar uzatish xizmatlari va telematik xizmatlardan (elektron pochta, faksimilь xabarlarni uzatish xizmati, axborot resurslaridan foydalana olish xizmati va h.k.) foydalanish imkoniyati;
  • telegrammalarni telefon orqali berish;
  • chaqirilayotgan abonentda raqamni avtomatik aniqlash funktsiyalariga ega telefon apparati bo‘lganda mahalliy telekommunikatsiya tarmog‘ining chaqirayotgan abonent raqamini aniqlash, shuningdek, abonent talabiga ko‘ra hisob tafsilotlarini berish;
  • abonent murojaatiga asosan abonent raqamini o‘zgartirish;
  • chaqirilayotgan shaxsga xabar qilgan holda xalqaro telefon bog‘lanish;
  • boshqa hududdan (aholi punktidan) chaqirilayotgan abonentning telefon raqami to‘g‘risidagi ma’lumot berish;
  • shartnomada belgilangan vaqtda telefon bog‘lanishni taqdim etish;
  • chaqirilayotgan shaxs hisobidan shaharlararo telefon bog‘lanish;
  • telefonogrammani uzatgan holda abonent o‘rniga so‘zlashish;
  • konferents-aloqa xizmati.

Operator quyidagi favqulodda tezkor xizmatlarga kecha-kunduz bepul ulanishni ta’minlaydi:
  • yong‘in xavfsizligi xizmati – 101;
  • ichki ishlar organlari – 102;
  • tez tibbiy yordam – 103;
  • gaz tarmog‘ining avariya xizmati – 104;
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmati – 1050.

“O‘ztelekom” AKning qo‘shimcha xizmatlari va tariflari bilan tanishing.

Chat