Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4415 marta o'qildi

Raqamli televideniye xizmatlari shartnoma asosida ko‘rsatiladi.

Foydalanuvchi ( abonentochiq tele-, radiokanallarni provaydyer bilan shartnoma tuzmasdan va haq to‘lamasdan qabul qilishi mumkin.

Raqamli tele-, radiokanallarni qabul qilish uchun provaydyerga murojaat qilinganda quyidagi ma’lumotlar taqdim qilinadi:
  • pasport (asli qaytarib beriladi);
  • nomi, manzili, guvohnoma raqami, STIR (yuridik shaxslar uchun);
  • xizmatdan foydalanish ko‘zlanayotgan manzil;
  • bog‘lanish ma’lumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili).

  

Elektron tarzda murojaat qilinganda, murojaatchiga shartnoma tuzish mumkin yoki mumkin emasligi haqida 1 ish kuni ichida javob yuboradi.

Abonentni aktivizatsiya qilish
  • shartnoma tuzgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida yoki undan ko‘proq muddatda abonent aktivatsiya qilinadi va tarmoqqa ulanadi;
  • xizmatlar provaydyerning xizmatlar to‘g‘risidagi axborotiga muvofiq bo‘lishi shart;
  • opyerator (provaydyer) shartnoma talablariga muvofiq, kechayu-kunduz sifatli xizmatlar ko‘rsatishi shart.

Bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar
  • xizmatlar va qo‘shimcha xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot berish;
  • xizmat ko‘rsatish zonasi to‘g‘risida axborot berish;
  • tariflar va tarif-rejalari to‘g‘risida axborot berish;
  • provaydyerning rekvizitlari va ishlash rejimi to‘g‘risida axborot berish;
  • uskunalarning nosozligi, foydalish bilan bog‘liq muammolar, smart-kartaning yo‘qolganligi, abonentning shaxsiy ma’lumotlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi axborotni qabul qilish.

Shartnomani bekor qilish asoslari
  • abonent to‘lovlarni o‘z muddatida to‘lamasa;
  • opyerator (provaydyer)ning litsenziyasi bekor qilinganda;
  • fors-major holatlari natijasida xizmat ko‘rsatish imkoni bo‘lmaganda.

Shartnoma bekor qilinganda, abonentga buning sabablari ko‘rsatilgan holda xabar beriladi.

Shartnoma bekor qilinganda ko‘rsatilgan va ko‘rsatilmagan xizmatlar bo‘yicha qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.

Provaydyerning majburiyatlari:
  • rejali ta’mirlash-profilaktika ishlarining boshlanish vaqti to‘g‘risida abonentni (foydalanuvchini) kamida 1 sutka oldin xabardor qilish;
  • provaydyer abonent (foydalanuvchi) haqidagi ma’lumotlarni sir saqlashi shart.

  

Opyerator (provaydyer) tomonidan shartnomaviy majburiyatlar bajarilmasa yoki sifatsiz xizmat ko‘rsatilsa:

  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga murojaat etish uchun ushbu havolaga o‘ting;
  • Aloqa inspeksiyasiga murojaat etish uchun ushbu havolaga o‘ting.
Chat