Maktabga kirgan har bir:
Dars, tarbiyaviy soat, saflanish, bayram yoki sport tadbiri boshlanishidan oldin o‘quvchi telefonni o‘chirib, portfelь yoki sumkasiga solib qo‘yishi shart.
Ovozsiz rejim — telefon qo‘ng‘iroqlari va boshqa xabarlar atrofdagilarga ovozli xalaqit bermaydigan holat.
Dars va tadbirlar vaqtida:
Telefonni maktab elektr tarmog‘iga ulab zaryadlash, zo‘ravonlik, shafqatsizlik yoki qonunga zid materiallarni namoyish qilish ham mumkin emas.
Tanaffus yoki tadbirlar oralig‘ida telefondan faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan holatda:
So‘zlashish uchun sinfdan yo‘lak yoki foyega chiqish, past ovozda va qisqa gaplashish lozim.
Yong‘in, zilzila, sog‘liqqa xavf yoki boshqa favqulodda vaziyatda telefondan foydalanish cheklanmaydi.
O‘qituvchi yoki maktab rahbariyati ham ta’lim maqsadida telefondan foydalanish bo‘yicha alohida ko‘rsatma berishi mumkin, biroq bu umumiy taqiqni o‘zboshimchalik bilan bekor qilmaydi.
O‘qituvchilar va boshqa xodimlar:
O‘quvchiga nisbatan:
Pedagog qoida buzilganda telefonni vaqtincha olib qo‘yishi, bildirishnoma rasmiylashtirishi va uni direktor yoki direktor o‘rinbosariga topshirishi mumkin. Telefon faqat ota-onaga yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsga qaytariladi.
Telefon odatda uning egasi va ota-ona mas’uliyatida bo‘ladi. Maktab telefonning umumiy saqlanishi uchun javobgar emas.
Biroq telefon qoida buzilgani uchun rasman olib qo‘yilgan paytdan boshlab uning saqlanishi uchun maktab ma’muriyati javob beradi.