Nizom davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun yagona maktab formasini joriy etish tartibini belgilaydi.
Uning talablari:
Yagona maktab formasi — davlat tomonidan tasdiqlangan namuna, rang va texnik talablarga muvofiq o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan kiyim.
Qarorda yagona forma tasdiqlangan shakllar asosida bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilangan. Maktab ota-onalarga amalda qo‘llanilayotgan namuna va xarid tartibini tushuntirishi kerak.
Forma:
Qizlar yubkasining uzunligi tizzadan 5–15 santimetr pastda bo‘lishi belgilangan. Ko‘ylakning eng yuqoridagi bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalari qadalgan bo‘lishi lozim.
Ob-havoga qarab o‘quvchi:
Qishki o‘qish davrida qizlarga yagona maktab formasiga mos shim kiyishga ruxsat beriladi.
Maktab binosi ichida, maxsus tadbirlardan tashqari, bosh kiyimsiz yurish talab qilinadi. Tasdiqlangan formaga din, konfessiya yoki submadaniyatga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni qo‘shishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, nizomda o‘quvchilarning:
Maktab rahbariyati har yili 1-mayga qadar:
Forma talablariga rioya qilmaslik ichki tartib-qoidani buzish deb baholanadi. O‘quvchiga nisbatan:
O‘quvchining maktabga formada kelishini ta’minlash uchun ota-ona mas’ul, talablarga rioya etilishini esa maktab rahbariyati va pedagoglar nazorat qiladi.