Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16314 marta o'qildi

Birinchi kurs talabalariga o‘quv yilining 1-semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari (baholari) ma’lum bo‘lgunga qadar stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Avvalgi o‘quv semestri natijalariga ko‘ra stipendiyalar quyidagi tartibda tayinlanadi va to‘lanadi
  • barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat «a’lo» baho (reyting ko‘rsatkichi — 86 ball va undan yuqori) bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20 foizga oshirilgan holda;
  • fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizidan kam qismini «qoniqarli» bahoga (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) o‘zlashtirayotgan talabalarga — stipendiyaning bazaviy miqdorida;
  • fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizi va undan ortiq qismi «qoniqarli» baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) bo‘lgan talabalarga (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno) navbatdagi o‘quv semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi.

2020-yil 1 fevraldan
  • davlat granti, shuningdek, stipendiyali to‘lov-kontarkt asosida o‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar qat’iy belgilangan stipendiya bilan ta’minlanadi (2019/2020 o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno);
  • semestr yakuni bo‘yicha fanlardan faqat a’loga o‘zlashtirgan (86 ball va undan yuqori) talabalarning stipendiyalari bazaviy stipendiyaga nisbatan 20 foizga oshiriladi;
  • semestr yakuni bo‘yicha fanlardan 30 foiz va undan ortiq qismi qoniqarli bo‘lgan (reyting ko‘rsatkichi – 71 balldan kam) davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarga keyingi semestrda stipendiya to‘lanmaydi (2019/2020 o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno).


  • OTMlarda talabalarga stipendiyalar tayinlash uchun har bir o‘quv yilida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor raisligida stipendiya komissiyasi tashkil etiladi.
  • Stipendiya komissiyasi tavsiya etgan talabalarning ro‘yxati OTM rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
  • Stipendiyalarning belgilangan miqdorlari bilan tanishish uchun havolaga o‘ting.
  • 2019/2020 o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlari bilan tanishish uchun havolaga o‘ting.
Chat