Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13729 marta o'qildi

Maishiy iste’molchilarni gazga ulash:
  • iste’molchi gazga ulanish uchun gaz ta’minoti tashkilotiga ariza topshiradi;
  • arizaga kadastr hujjati nusxasi ilova qilinadi;
  • mutaxassislar 3 ish kunida joyiga chiqib, gazlashtirishning texnik imkoniyatlariga mos kelish yoki kelmasligini o‘rganadi;
  • ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, iste’molchini gazlashtirish choralari ko‘riladi;
  • gazlashtirilgan uy-joylar 2 va undan ortiq maishiy iste’molchiga ajratilgan taqdirda, har bir iste’molchi uchun gaz iste’molini hisobga oladigan alohida priborlar o‘rnatiladi.

Gaz etkazish shartnomasi:
  • gaz ta’minoti tashkiloti va iste’molchi o‘rtasida gaz etkazib berish shartnomasi tuziladi;
  • maishiy iste’molchilar bilan shartnoma tuzilmagan taqdirda, shartnoma gaz tarmog‘iga amalda ulangan vaqtdan tuzilgan hisoblanadi;
  • kadastr xizmati organlari ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazgandan so‘ng 3 kun ichida yangi mulkdor to‘g‘risida ma’lumot yuboradi;
  • shartnoma 2 nusxada tuziladi.

Gazdan foydalanishda yo‘l qo‘yilmaydigan holatlar
  • o‘zboshimchalik bilan gazlashtirish, gaz uskunasini mustaqil almashtirish va ta’mirlash;
  • gaz uskunasi joylashgan xonada qayta rejalashtirish;
  • mo‘ri va ventilyatsiya tizimlariga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritish, ventilyatsiya kanallari va lyuklarni yopish;
  • gaz priborlari yaroqsiz bo‘lganda gazdan foydalanish;
  • mo‘ri va ventilyatsiya kanallarini o‘zboshimchalik bilan tozalash;
  • gaz uskunalaridan maktabgacha yoshdagi bolalar foydalanishi;
  • gaz quvurlariga arqon bog‘lash va gaz quvurlariga og‘ir vaznli buyum qo‘yish;
  • gaz va gaz uskunalaridan boshqa maqsadlarda foydalanish, gaz plitalaridan xonalarni isitish uchun foydalanish;
  • gaz uskunasi o‘rnatilgan xonada uxlash va dam olish;
  • gaz sizib chiqishini aniqlash uchun olovdan foydalanish.

Chat