Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 33237 marta o'qildi

Nikoh tuzish

O‘zbekistonda doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uning hududida oilaviy munosabatlarda O‘zbekiston fuqarolari bilan teng huquqlardan foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar.

Nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu to‘g‘rida belgilangan namunadagi ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy o‘tgach ulardan birining yashash joyidagi FHDYo organi tomonidan qayd etiladi.

O‘zbekiston fuqarosi va chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi nikohni qayd etish agar chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekistonda bo‘lish vizasi nikoh tuziladigan kunda haqiqiy bo‘lsagina amalga oshiriladi.

Nikohni qayd etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
  • ilgari nikohda bo‘lgan shaxslar esa, avvalgi nikoh tugatilganligi haqidagi hujjat.

Nikoh qayd etilganldan keyin nikoh tuzilganligi to‘g‘risida guvohnoma beriladi.

Bir vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjatiga nikoh qayd etilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.

Nikohni haqiqiy va haqiqiy emas deb topish

O‘zbekiston hududidan tashqarida, boshqa davlat hududida o‘sha davlatning qonun hujjatlariga rioya qilingan holda O‘zbekiston fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasida tuzilgan nikohlar O‘zbekistonda haqiqiy deb e’tirof etiladi.

Chet el fuqarolari o‘rtasida O‘zbekiston hududidan tashqarida nikoh qayd etilgan davlat qonunchiligiga muvofiq tuzilgan nikohi O‘zbekistonda haqiqiy deb topiladi.

Nikoh quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topiladi
  • nikoh ixtiyoriylik asosida tuzilmagan bo‘lsa;
  • nikohning belgilangan yoshi (18 yosh, emansipatsiya holati bundan mustano) buzilganda;
  • loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida;
  • nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;
  • loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida;
  • soxta nikoh, er yoki xotinning oila qurish maqsadlarisiz nikohni qayd ettirishi;
  • nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa.
.

Nikohni haqiqiy emas deb topish faqatgina sud tartibida amalga oshiriladi.

Nikohdan ajratish

O‘zbekistonda doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uning hududida oilaviy munosabatlarda O‘zbekiston fuqarolari bilan teng huquqlardan foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar.

Nikohdan er-xotinning roziligi asosida ajratish

Er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lganda nikohdan ajralishda ariza beruvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga bergan arizalarida o‘rtada voyaga etmagan bolalari va mulkiy nizolari yo‘qligini tasdiqlashlari shart.
Nikohdan ajralish ariza beruvchilarning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joydan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza berilgan kundan boshlab 3 oy muddat o‘tgach qayd etiladi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini ariza berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerak.

Er-xotindan birining arizasiga ko‘ra nikohdan ajratish:

FHDYo organiga quyidagilar taqdim etiladi:

  • er (xotin)ning muomalaga layoqatsiz yoxud bedarak yo‘qolgan deb topilganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori;
  • er (xotin) uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmidan ko‘chirma, shuningdek sudlangan er (xotin)ning o‘rtadagi bolalari va mol-mulki yuzasidan nizosi yo‘qligi to‘g‘risidagi tilxat.

Nikohdan sud tartibida ajratish

Nikoh quyidagi masalalar bo‘yicha nizo bo‘lgan hollarda sud tartibida bekor qilinadi:

  • bolalar haqida;
  • er-xotinning umumiy mulki bo‘lgan ashyolarni bo‘lish haqida;
  • mehnatga layoqatsiz turmush o‘rtog‘ini saqlash xarajatlarini to‘lash haqida.

Ushbu masalalr bo‘yicha taraflar o‘rtasida kelishuv bo‘lmaganda sud quyidagilarni hal qiladi:

  • nikohdan ajratilgandan keyin voyaga etmagan bolalar ota-onasining qaysi biri bilan yashashini aniqlashi;
  • voyaga etmagan bolalarga ta’minot berish uchun ota-onaning qaysi biridan va qancha miqdorda aliment undirilishini aniqlashi;
  • er va xotinning (ulardan birining) talabiga ko‘ra ularning birgalikdagi mulki bo‘lgan mol-mulkni bo‘lishi;
  • er (xotin)dan ta’minot olishga haqli bo‘lgan xotin (er)ning talabiga ko‘ra ana shu ta’minot miqdorini belgilashi shart.

Mol-mulkni bo‘lish uchinchi shaxslarning manfaatiga daxldor bo‘lgan hollarda sud mol-mulkni bo‘lish talabini alohida ish yuritish uchun ajratadi. 

Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik ro‘yxatga olingan kundan boshlab tugatiladi.

Sud orqali himoyalanish huquqi

Chet el fuqarolari O‘zbekiston sudlariga murojaat qilish huquqiga ega va ular fuqarolik protsessual huquqlardan O‘zbekiston fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi.

Sudga quyidagi shakllarda murojaat qilinadi:
  • da’vo ariza – fuqarolik munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha;
  • ariza –sud buyrug‘i shaklida ko‘riladigan alohida sud muhokamasi bo‘yicha;
  • shikoyat (protest) – sudga appelyatsiya va kassatsiya tartibida murojaat qilinganda.

Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat shaklida yuborilishi mumkin.

O‘zbekistonda fuqarolik sud ishlari o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yuritiladi.

Sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxslarga ishga taalluqli materiallar bilan o‘z ona tilida to‘liq tanishib chiqish, sudda ona tilida yoki o‘zi biladigan boshqa tilda so‘zlash, ko‘rsatuv va tushuntirishlar berish, arz bilan murojaat etish, iltimosnomalar taqdim etish, shuningdek tarjimon xizmatlaridan foydalanish huquqi ta’minlanadi.

Ishda ishtirok etuvchi va sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxs ishdagi sud hujjatlari berilishini so‘rab yozma ariza bilan murojaat etgan taqdirda, unga sud hujjatlari uning ona tiliga yoki u biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladi.

Chet el fuqarolari o‘z ishlarini sudda shaxsan yoki o‘z vakillari orqali yuritishi mumkin.

Chet el fuqarosining ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish bo‘yicha vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi.

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqlari
  • ish materiallari bilan tanishish;
  • ulardan ko‘chirmalar olish;
  • nusxalar ko‘chirish;
  • rad etish to‘g‘risida arz qilish;
  • dalillar taqdim etish;
  • dalillarni tekshirishda ishtirok etish;
  • ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashayotgan shaxslarga savollar berish;
  • arz qilish;
  • iltimosnomalar taqdim etish;
  • sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish;
  • sud muhokamasi davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘zlarining vajlarini bayon qilish;
  • boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e’tirozlar bildirish;
  • sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish;
  • sud hujjatlarining majburiy ijrosini talab qilish;
  • davlat ijrochisi tomonidan harakatlar sodir etilishida hozir bo‘lish.

Taraflar protsessual huquqlardan teng foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar.

 

" source-info="

Da’vo ishini yuritishda taraflar sud protsessining har qanday bosqichida kelishuv bitimi tuzish orqali ishni yakunlashga haqlidirlar.

Ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan sudga ikkinchi marta murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sud xarajatlari

Sud xarajatlari davlat boji va ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlardan iborat bo‘ladi.

Chat