Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 23550 marta o'qildi

Isitish uchun issiqlik energiyasi etkazib berish va issiq suv bilan ta’minlash iste’molchi va etkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan issiqlik ta’minoti shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Shartnoma tuzish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:
  • mulkdorning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati;
  • mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat (kadastr hujjati yig‘majildi);
  • ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnoma (f-17) yoki uy daftaridan ko‘chirma;
  • yuridik shaxsning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va issiqlik ta’minoti tizimlariga ulanish uchun loyiha hujjatlari (noturar joy mulkdori uchun).

Shartnomada nazarda tutiladigan shartlar
  • iste’mol va issiqlik energiyasi sifati ko‘rsatkichlarining belgilangan rejimlariga rioya qilish shartlari va tomonlarning majburiyatlari;
  • balans mansublilik chegaralari;
  • issiqlik energiyasi bilan ta’minlashni to‘xtatish yoki cheklash shartlari;
  • haq to‘lash tartibi, vaqti, tariflar va shartlar;
  • iste’molchiga issiqlik energiyasini etkazib bermagan yoki to‘liq hajmda etkazib berilmagan hollarda to‘lovlarni qayta hisob-kitob qilish;
  • hisobga olish asboblari bo‘yicha ma’lumotlar (issiq suvni individual hisobga olish asbobining turi);
  • issiqlik energiyasini berish va iste’mol qilishning asosiy shartlari;
  • tomonlarning huquq va majburiyatlari;
  • tomonlarning javobgarligi;
  • nizolarni hal etish tartibi;
  • tomonlarning rekvizitlari;

Turar joyning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya shartnomalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yangi mulkdor haqidagi ma’lumotni etkazib beruvchiga yuboradi.

Etkazib beruvchi ma’lumot tushgandan keyin 1 oyda mulkdor bilan shartnoma tuzadi.

Chat