Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11899 marta o'qildi

Iste’molchini issiq suv bilan ta’minlash yil davomida kecha-kunduz (24-soat mobaynida) va uzluksiz amalga oshirilishi kerak.

Issiqlik ta’minoti me’yorlari
  • isitish bo‘yicha – isitish mavsumi davrida 1995-yilgacha qurilgan ko‘p qavatli turar joy xonalaridagi harorat kamida 20oS, ko‘p qavatli uylardagi issiqlik tizimi rekonstruktsiya qilinmagan bo‘lsa – harorat kamida 18oS;
  • issiq suv ta’minoti bo‘yicha – sanitariya qoidalariga muvofiq issiq suvning harorati 50–75oS.

Bunda quyidagilar bo‘yicha sanitariya qoidalari talablari bajarilishi shart
  • suvning epidemiya xavfsizligi bo‘yicha;
  • suvning qulay organoleptik xossalari bo‘yicha;
  • suvning inson organizmiga zararli ta’sirining oldini olish bo‘yicha.

Isitish davri quyidagicha
  • tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8oSdan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanadi;
  • tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8oS yuqori bo‘lganda tamomlanadi.

Aholini markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti bilan qamrab olish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda hokimliklar iste’molchilarni mahalliy issiqlik ta’minoti (modulь, lokal, bug‘ qozonxonasi, isitish qurilmalari) bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.

Markaziy tizimga ulargan xonadonlarda issiq suv 50-75°S bo‘lishi kerak

Issiq suv haroratining yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishi:

  • tungi vaqtda (soat 0:00 dan soat 05:00 gacha) – 5°Sdan ortiq emas;
  • kunduzgi vaqtda (soat 05:00 dan soat 00:00 gacha) – 3°Sdan ortiq emas.

Agar issiq suv yuqoridagi talablarga javob bermasa, u uchun to‘lovlar ichimlik suvi tarifida to‘lanadi.

Etkazib beruvchi tomonidan xizmatlar sifatsiz ko‘rsatilganda:

  • Qurilish va Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga murojaat etish uchun havolaga o‘ting.
Chat