Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7981 marta o'qildi

Iste’molchining huquqlari
  • shartnoma asosida belgilangan sifatga, hajmga, uning hayoti va mol-mulki uchun xavfsiz bo‘lgan xizmatning uzluksiz ko‘rsatilishini talab etish;
  • belgilangan tartibda issiqlik ta’minoti xizmatlariga haq to‘lamaslik;
  • xizmat ko‘rsatilmaganda yoki xizmatlar zarur sifat va tartibda ko‘rsatilmaganda neustoyka (jarimalar, penyalar) to‘lashni, qayta hisob-kitob amalga oshirilishini talab qilish;
  • issiqlik ta’minoti xizmatlari (hajmi va sifati, uni ko‘rsatish shartlari, to‘lov miqdori, hisob-kitob holati va b.) bo‘yicha  ma’lumotnomalarni bepul olish;
  • belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan dalolatnomani olish.

Iste’molchiga quyidagilar taqiqlanadi
  • ko‘p kvartirali uylarning ayrim xonalarini isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimidan uzish;
  • isitish asboblariga qo‘shimcha sektsiyalarni birlashtirish yoki ular sonini kamaytirish, shuningdek ularning joyini o‘zgartirish.

  • Iste’molchi issiqlik energiyasi to‘liq uzib qo‘yilishi va tanaffuslar to‘g‘risida yozma shaklda ogohlantiriladi.

Etkazib beruvchi quyidagi hollarda 2 nusxada dalolatnoma tuzadi
  • issiqlik ta’minotiga o‘zboshimchalik bilan ulanish aniqlanganda;
  • shikastlanish yoxud issiqlik tizimidan suv oqib ketishi natijasida issiq suv isrof qilinganda.

  • Dalolatnomaning 1 nusxasi ulanish egasiga (iste’molchiga) topshiriladi.
  • Dalolatnoma iste’molchi javobgarligini aniqlash va etkazilgan zararni qoplash uchun asos hisoblanadi.

Etkazib beruvchi issiqlik energiyasini quyidagi hollarda to‘xtatish huquqiga ega
  • iste’molchi shartnomasida nazarda tutilgan muddatda to‘lovni amalga oshirmasa;
  • iste’molchi issiqlik ta’minotiga o‘zboshimchalik bilan ulansa;
  • etkazib beruvchi vakilini hisobga olish asbobini ko‘zdan kechirish va ko‘rsatkichini yozib olish uchun sababsiz qo‘ymaslik.

  • Rejali ta’mirlash bajarilganda yoki yangi iste’molchi tarmoqqa ulanganda etkazib beruvchi issiqlik ta’minotini uzib qo‘yish huquqiga ega.
  • Rejali ta’mirlash ishlari bajarilayotganda, issiqlik ta’minoti bir yilda 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga uzib qo‘yilishi mumkin.

Etkazib beruvchining majburiyatlari
  • shartnomada nazarda tutilgan hajmda, issiqlik energiyasini uzluksiz etkazib berish va kelishilgan rejimga rioya etish;
  • issiqlik energiyasini standartlashtirilgan sifatda etkazib berish;
  • iste’molchiga hisoblab chiqilgan issiqlik yuklamasi haqida ma’lumot berish;
  • shartnomaga muvofiq issiqlik manbai (issiq suv) parametrlarini saqlash;
  • isitish davrida turar joy xonalaridagi havo haroratini ta’minlash;
  • tarifdagi o‘zgarish to‘g‘risida iste’molchini kamida 15 kun oldin OAV orqali xabardor qilish;
  • iste’molchiga to‘lov bo‘yicha hisob-kitob holati to‘g‘risida ma’lumotni, shuningdek to‘lov bo‘yicha qarz yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotni bepul berish;
  • issiqlik ta’minoti xizmati uchun iste’molchidan qarzni undirish bo‘yicha chora ko‘rish;
  • shaxsiy hisob raqami va hisobga olish asbob holati haqida batafsil ma’lumotni shakllantirish va idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimiga yuborish.

Iste’molchi uchun taqiqlangan harakatlar
  • isitish tizimidan issiqlik manbaini chiqarib tashlash;
  • uy ichi issiqlik tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan yoki hisobga olish asboblarini chetlab o‘tib ulanish;
  • individual hisobga olish asboblaridagi tamg‘alarni o‘zboshimchalik bilan buzish, hisobga olish asboblarini qismlarga ajratish va ularning ko‘rsatkichlarini buzish;
  • shartnomada belgilangan issiqlik energiyasidan foydalanish tartibini buzish.

  • Etkazib beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga etkazilgan zarar uchun to‘liq hajmda javob beradi.
Chat