Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga quyidagi nafaqalardan biri to‘lanishi mumkin:
Bunda turli nafaqalarni olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ushbu nafaqalarning faqat bittasi to‘lanadi.
Yoshga doir nafaqa ish staji bo‘lmagan yoki pensiya tayinlash uchun etarli ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga tayinlanadi. Yoshga doir nafaqa: Bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga yoshga doir nafaqa farzandi bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxs (bola) deb e’tirof etilganligi to‘g‘risida «TIEK» axborot tizimi orqali olingan elektron ma’lumotlarga asosan vakolatli organ tomonidan tayinlanadi. Nafaqa davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali murojaat qilinganida Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tayinlanadi. Nafaqa tayinlanmaganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sudga shikoyat qilish tartibi bilan tanishish uchun havolaga o‘ting. Yoshga doir nafaqa tayinlashni so‘rab belgilangan yoshga to‘lgandan so‘ng 60 kun ichida, nafaqa uni olish huquqi paydo bo‘lgan kundan e’tiboran tayinlanadi.
Nafaqa davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali murojaat qilinganida Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tayinlanadi.
Parvarishlash nafaqasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan kasalliklar ro‘yxatiga muvofiq, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan berilgan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning o‘zgalar parvarishiga muhtojligi to‘g‘risidagi elektron ma’lumotga asosan tayinlanadi.
Parvarishlash nafaqasi qonuniy vakilga (otasi, onasi, vasiysi, homiysi, oilaga tarbiyaga oluvchisi (patronat) va farzandlikka oluvchisi) o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan bola 18 yoshga to‘lguniga qadar tayinlanadi.
Nafaqa davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali murojaat qilinganida Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tayinlanadi.
Davlat pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lmagan vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi olish huquqiga egadirlar. Davlat pensiyasini olish tartibi bilan tanishish uchun havolaga o‘ting. Quyidagilar oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolari hisoblanadilar: Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs vafot etgan taqdirda vafot etganning oila a’zolariga nafaqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini tayinlashni so‘rab nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs vafot etgan kundan boshlab 6 oy ichida, nafaqa uni olish huquqi paydo bo‘lgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish huquqiga ega bo‘lgan oila a’zolarining barchasiga bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. Agar oila a’zosi talab qilsa uning nafaqadagi ulushi ajratiladi va unga alohida to‘lanadi. Bunda tayinlangan nafaqaning umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga bo‘linadi. Nafaqa davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali murojaat qilinganida Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tayinlanadi. Nafaqa tayinlanmaganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sudga shikoyat qilish tartibi bilan tanishish uchun havolaga o‘ting.
Nafaqa tayinlangandan keyin, nafaqa oluvchi shaxsning haq to‘lanadigan ishni bajarishi yoki daromadning boshqa manbaiga ega ekanligi nafaqani to‘xtatish uchun asos bo‘lmaydi.