Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 19702 marta o'qildi

Notariuslar qonunlarda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bog‘liq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi.


Notariuslar amalga oshiradigan notarial harakatlar:


Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar
  • kasalxonalarda, gospitallarda, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki qariyalar va nogironlar uylarida yashayotgan fuqarolarning ushbu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh shifokorlari, ularning tibbiyot bo‘yicha o‘rinbosarlari yoki navbatchi shifokorlari, shuningdek gospitallarning boshliqlari, qariyalar va nogironlar uylarining direktorlari va bosh shifokorlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
  • O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ostida suzib yurgan kemalarda safarda bo‘lgan fuqarolarning shu kemalarning kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
  • qidiruv ekspeditsiyalarida yoki shunga o‘xshash boshqa ekspeditsiyalarda bo‘lgan fuqarolarning shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
  • harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar joylashgan, notariuslar bo‘lmagan punktlarda esa, shu qismlarda ishlovchi harbiy xizmatchi bo‘lmagan shaxslarning, ular oila a’zolarining hamda harbiy xizmatchilar oila a’zolarining harbiy qismlarning komandirlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
  • ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno.

  • Notarial harakatlar notarial idoralarning binolarida amalga oshiriladi.
  • Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra notarial idoraga bora olmaydigan ayrim hollarda notarial harakatlar mazkur fuqaro turgan joyda amalga oshirilishi mumkin.

Notarial harakatni amalga oshirish va to‘xtatib turish muddatlari
  • Notarial harakatlar haq to‘langanidan so‘ng zarur bo‘lgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kuni amalga oshiriladi.
  • Notarial harakatni amalga oshirish qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilib olish yoki hujjatlarni ekspertizaga yuborish zarur bo‘lganida kechiktirilishi mumkin.
  • Notarial harakatlarni amalga oshirish, manfaatdor shaxslardan ushbu harakatlarni amalga oshirishga e’tiroz bor-yo‘qligini so‘rash zarur bo‘lganda, kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish muddati 1 oydan oshmasligi lozim. Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning talabiga ko‘ra unga notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish haqidagi qaror beriladi.
  • Manfaatdor shaxs tasdiqlashni so‘rayotgan huquq yoki fakt ustida da’volashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizasiga ko‘ra notarial harakatni amalga oshirish bir marotaba ko‘pi bilan 10 kun muddatga kechiktirilishi mumkin. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan ma’lumot olinmasa, notarial harakat amalga oshirilishi lozim.

Notarial harakatni amalga oshirishni rad etish
  • bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid bo‘lsa;
  • bu harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lsa;
  • muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo‘lmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa;
  • yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida ko‘rsatilgan maqsadlarga zid bo‘lsa;
  • bitim qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa;
  • notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmasa.

  • Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.
  • Notarius notarial harakatni amalga oshirish to‘g‘risidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
  • Amalga oshirilgan notarial harakatni, notarial harakatni kechiktirish yoki notarial harakatni amalga oshirishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni noto‘g‘ri deb hisoblagan manfaatdor shaxs bu xususda notarial idora turgan joydagi sudga shikoyat qilishga haqlidir.

Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini berish
  • Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari notarial idoraning yig‘majildlarida saqlanayotgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda nomidan yoxud topshirig‘iga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga ko‘ra yo‘qolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi.



Notarius harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.

Chat