Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 91138 marta o'qildi

Avtomototransport vositalarini boshqarish va (yoki) tasarruf etish ishonchnomalari notarial tartibda tasdiqlanishi kerak.

Taqdim etiladigan hujjatlar
  • ishonchnoma beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatlar);
  • transport vositasini qayd etish guvohnomasi (tex.pasport);
  • agar ishonchnoma tasarruf etish huquqi bilan berilganda umumiy birgalikdagi mulkni tashkil etsa, barcha mulkdorlarning (er-xotinning) roziligi (nikoh guvohnomasi);
  • mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa garovga oluvchining roziligi;
  • agar vasiylikdagi (homiylikdagi) shaxs nomidan vasiy (homiy) ishonchnoma bersa vasiylik va homiylik organining roziligi;
  • agar avtotransport vositasi egasiga meros guvohnomasiga asosan tegishli bo‘lsa, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomasining nusxasi;
  • agar ishonchnoma yaqin qarindoshlarga berilsa, qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat;
  • agar mulk merosga asosan tegishli bo‘lsa, meros guvohnomasining nusxasi. Batafsil.

  • Ko‘rsatiladigan xizmat uchun yig‘im undiriladi. Hisoblashni elektron kalkulyator orqali amalga oshirish mumkin.

Transport vositasini yaqin qarindoshlar (er (xotin), ota-ona, bolalar, aka-ukalar va opa-singillar) o‘rtasida majburiy tartibda notarial ishonchnomalarni rasmiylashtirmasdan boshqarishiga ruxsat berildi.

  • Transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari transport egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
  • Qarindoshlik darajasi transport vositasi egasining talabiga binoan ko‘rsatilishi mumkin.

Qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lov
  • Loyiha uchun to‘lov (BHMning 10%)
  • Tushuntirish uchun haq miqdori (BHMning 5%)
  • Taqiqni tekshirish uchun (xar bir mulkdan BHMni 15%)



Notarius harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.

Chat