Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Har bir yo‘lovchiga qog‘oz blanka yoki elektron shaklda chipta rasmiylashtirilishi lozim
Chiptada ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar
- sotish joyi va sanasi;
- jo‘nash vaqti;
- havo kemasining jo‘nash va qo‘nish manzili, oraliq qo‘nish manzillari;
- tashish shartnomasini bajarishga javobgar tashuvchi nomi.
Chipta bron qilish
- band qilish (bron) chipta rasmiylashtirishning dastlabki bosqichi hisoblanadi;
- bron qilingan joy (chipta) haqidagi ma’lumotni boshqa shaxslarga oshkor qilish taqiqlanadi;
- yo‘lovchi bron bo‘yicha to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmasa, bron bekor qilinishi mumkin.
Chipta uchish joyidan qo‘nish manziligacha haqiqiy hisoblanadi
Quyidagi hollarda yo‘lovchi tomonidan bron bekor qilinmaganda, undan yig‘im undirilmaydi:
- tashuvchining aybi bilan;
- sog‘ligi yomonlashganligi sababli.
Chipta muddatini uzaytirish asoslari
- qatnov bekor qilinganda;
- parvozlar jadvalida qatnov bajarilmasa;
- yo‘lovchi qatnovlar tutashish joylariga etib kelmasligiga sabab bo‘lgan harakatlar qilsa;
- yo‘lovchi to‘lagan xizmat ko‘rsatish toifasi o‘zgarsa;
- yo‘lovchiga bron qilingan joy berilmasa.
Chiptada ko‘rsatilgan havo kemasining qatnovi haqidagi ma’lumot parvozlar jadvaliga muvofiq bo‘lishi kerak.
Tashuvchi quyidagi ma’lumotlarni aholi e’tiboriga etkazishi shart:
- parvozlar yo‘nalishi va jadvallarini;
- yo‘lovchi va yuklarni tashish tariflarini;
- aeroportlarda va havo kemasining ichida xizmat ko‘rsatish sharoitlarini.
Yo‘lovchini ro‘yxatdan o‘tkazish
- tashuvchi yo‘lovchini ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanish va yakunlanish vaqti haqida xabardor qiladi;
- bagajni ro‘yxatdan o‘tkazishda yo‘lovchi o‘z pasportini taqdim etadi;
- yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tolmasa, qatnovga qo‘yilmaydi;
- yo‘lovchi kechikkanligi uchun yig‘imni to‘laganidan so‘ng, bo‘sh o‘rin bo‘lganda boshqa qatnovda tashilishi mumkin.