Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5562 marta o'qildi

Yo‘lovchining vagonga qo‘yilishi:
  • yo‘lovchilar stantsiyalarda chipta bilan poezdning har qanday vagoniga kirishiga qo‘yiladi;
  • kuzatuvchilar yo‘lovchilarga ular chipta sotib olgan vagonlarga o‘tishlarida yordam berishlari kerak;
  • yo‘lovchi vagonda chiptasida ko‘rsatilgan joyni egallashi kerak;
  • chipta oraliq stantsiyadan olingan bo‘lsa, vagondagi joylar raqami ko‘rsatilmasligi mumkin.

Manzildan o‘tib ketishni rasmiylashtirish:
  • belgilangan manzil yoki boshqa poezdga o‘tish stantsiyasidan o‘tib ketishning har bir holati bo‘yicha dalolatnoma tuziladi;
  • dalolatnoma poezd brigadiri, vagon kuzatuvchisi va yo‘lovchi tomonidan imzolanadi;
  • dalolatnoma yo‘lovchiga manzil yoki o‘tish stantsiyasigacha bepul qaytib borish huquqini beradi.

Chat