Notarius muallif yoki turdosh huquq egasi taqdim etgan ob’ektning notariusga muayyan sana va vaqtda taqdim etilganligini tasdiqlaydi.
Bu harakat asarni nashriyotga, ommaviy axborot vositalariga yoki boshqa shaxslarga topshirishdan oldin, kelgusida huquqlarni himoya qilish uchun qo‘shimcha dalil yaratish imkonini beradi.
Muallif yoki turdosh huquq egasi ushbu harakatni amalga oshirish uchun istalgan notariusga murojaat qilishi mumkin.
Muhim! Taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash mualliflik yoki turdosh huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, mualliflikni tan olish yoki asarning originalligini ekspertizadan o‘tkazish hisoblanmaydi.
«Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq mualliflik huquqining vujudga kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki boshqa rasmiyatchilikka rioya qilish talab etilmaydi.
Huquq asar ijodiy faoliyat natijasida yaratilib, ob’ektiv shaklda ifodalangan paytdan boshlab muhofaza qilinadi.
Notarial tasdiq faqat ob’ektning notariusga qaysi vaqtda va qanday ko‘rinishda taqdim etilganligini qayd etadi.
Taqdim etiladigan ob’ektlar jumlasiga:
Notariusga huquqlarni kelgusida himoya qilish uchun zarur bo‘lgan asarning birlamchi manbasi taqdim etiladi.
Notarius ob’ektni shaxsan ko‘zdan kechiradi, matn yoki hujjatda tuzatishlar mavjudligini tekshiradi. Tuzatishlar aniqlansa, bu holat tasdiqlovchi yozuvda ko‘rsatiladi.
Matn aniq va tushunarli bo‘lishi, qalam bilan yozilmagan bo‘lishi kerak.
Tasdiqlash ikki nusxada amalga oshiriladi:
Har bir nusxaga ob’ekt taqdim etilgan sana va vaqt, notarius hamda huquq egasi haqidagi ma’lumotlar kiritilgan tasdiqlovchi yozuv qo‘yiladi.
Bir vaqtda bir nechta ob’ekt taqdim etilsa, har bir ob’ektga alohida tasdiqlovchi yozuv kiritiladi.
Notarius:
Nizo yuzaga kelgan taqdirda notarial tasdiq boshqa dalillar bilan birgalikda sud yoki vakolatli organ tomonidan baholanadi.
Ushbu notarial harakat «Notariat to‘g‘risida»gi Qonun va Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma asosida bajariladi.