Jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli er uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga faqat qonunda belgilangan maqsadlarda va to‘liq kompensatsiya berish sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
Er uchastkasini olib qo‘yish tashabbusi asoslantiruvchi materiallar bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashiga kiritiladi.
Mahalliy Kengash tashabbusni dastlabki tarzda ko‘rib chiqib, uni rad etish yoki ochiq muhokama o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ochiq muhokama tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida o‘tkaziladi. Huquq egalari muhokama vaqti va joyi to‘g‘risida kamida 7 kun oldin xabardor qilinishi kerak.
Muhokama audio va videoyozuvga olinadi. U huquq egalari yoki ular vakillarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda o‘tkazilgan hisoblanadi.
Kompensatsiyaning turi, miqdori va uni berish muddati huquq egasi bilan o‘tkaziladigan muzokaralarda belgilanadi. Kelishuv:
Huquq egasini kelishuvni imzolashga majburlash, uyni kommunikatsiya tarmoqlaridan uzish, ob’ektga kirishni to‘sish yoki yashash uchun to‘sqinlik qiluvchi sharoit yaratish mumkin emas.
Kompensatsiya tarkibiga quyidagilar kiradi:
Bundan tashqari, huquq egasiga keltirilgan noqulayliklar uchun ko‘chmas mulk bozor qiymatining 5 foizi miqdorida bir martalik to‘lov beriladi.
Pul shaklidagi kompensatsiya kelishuv tuzilgan sanadan e’tiboran bir oydan kechiktirmay, boshqa turdagi kompensatsiya esa, qoida tariqasida, olti oydan kechiktirmay berilishi kerak.
Ko‘chmas mulkni buzish uchun er uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorning o‘zi etarli emas. Ob’ektni kompensatsiya to‘liq berilmasdan va uni buzish haqida alohida qaror qabul qilinmasdan buzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ko‘chmas mulkni bo‘shatish muddati notarial kelishuvda belgilanadi. U kompensatsiya to‘liq berilgan kundan boshlab hisoblanadi va olti oydan oshmasligi kerak.
Kompensatsiya to‘liq berilguniga va ob’ekt bo‘shatilguniga qadar uni suv, elektr energiyasi, gaz, issiqlik, aloqa va boshqa kommunikatsiya tarmoqlaridan uzish taqiqlanadi.
Huquq egasi ob’ektni belgilangan muddatda bo‘shatmasa, majburiy ko‘chirish faqat sud tartibida amalga oshirilishi mumkin.