Innovatsiya — amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samara beradigan va fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan yangi ishlanma.
«Innovatsion faoliyat to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, innovatsion faoliyat:
Innovatsiyalar mahsulotga, jarayonga, marketingga va tashkiliy faoliyatga oid bo‘lishi mumkin.
Innovatsion faoliyat yangi g‘oyani yaratish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish, texnologiyalar transferi, yangi ishlanmani sinovdan o‘tkazish, joriy etish va tijoratlashtirishni qamrab oladi.
Innovatsion faoliyat sub’ektlari:
Ular innovatsion loyihalarda ishtirok etish, moliyalashtirish manbalarini mustaqil tanlash, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega.
Shu bilan birga, sub’ektlar qonunchilik talablariga rioya qilishi, byudjet mablag‘lari hisobidan yaratilgan ishlanmalarning tijoratlashtirilishini ta’minlashi va intellektual mulk huquqlarini himoya qilishi shart.
Innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash:
Mahalliy davlat hokimiyatining vakillik organlari hududiy innovatsion dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari esa ushbu dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Davlat buyurtmasi vakolatli organ tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning takliflari asosida shakllantiriladi.
Davlat buyurtmasi doirasidagi innovatsion loyihani amalga oshirishning eng ko‘p muddati ikki yildan oshmasligi kerak.
Loyihalarning texnik va ilmiy ekspertizasi ularning amaliy ahamiyati, ilmiy-texnologik darajasi, iqtisodiy samaradorligi va moliyalashtirish maqsadga muvofiqligini baholash uchun o‘tkaziladi.