Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5613 marta o'qildi

Koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilandi.

Rag‘batlantirish miqdorlari:
  • vrach xodimarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m;
  • o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m;
  • kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m;
  • boshqa xodimlarga — 5 million so‘m.

Ushbu to‘lovlar karantin amal qiladigan muddat davomida, shu jumladan joriy yilning mart oyi uchun, xodimning har 14 kunlik faoliyat davri yakunida to‘lab beriladi.

Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi yoki ularning og‘ir ahvolga tushishi va sog‘lig‘i tiklanmaganligi munosabati bilan bir yo‘la beriladigan qo‘shimcha to‘lovlar miqdorlari ham tasdiqlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan, zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarni yuqori himoya darajasiga ega bo‘lgan shaxsiy himoya vositalari komplekti bilan muntazam ravishda ta’minlaydi. 

Chat