Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 45164 marta o'qildi

Qozog‘iston Respublikasidagi oliygoxda o‘qiyman. O‘zbekistonga o‘qishimni qo‘chirish masalasi bo‘yicha murojaat qilish muddatlari qanday?

✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017-yildagi 393-son qarori bilan qo‘shni davlatlar (Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston)dagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga o‘qishini Respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha arizalar 7 fevradan 15-fevralgacha qabul qilinishi belgilangan. Rossiya Federatsiyasi, Ukraina boshqa MDH davlatlari, xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan talabalar amaldagi tartibga ko‘ra, xududiy ishchi guruhlarga 2020-yilning 15-iyuldan 5-avgustga qadar murojaat qilishi mumkin.

Maktabga qabul qilish yoshi qanday?

✅ Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga 6–7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi.

✅ Tegishli yilning 31-avgustiga qadar 6,5 yoshga to‘lmagan, 1-sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan mazkur umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o‘qish uchun jismonan va ruhan tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.

Xorijiy fuqarolarni ta’lim muassasalariga qabul qilish qanday tartibda amalga oshiriladi?

O‘zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolarni ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish:

a) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;

b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda dastlabki ekspertizadan va ro‘yxatdan o‘tkaziladigan jamoaviy va shaxsiy shartnomalar hamda kontraktlar (shu jumladan, kelish maqsadlaridan qat’i nazar respublikaga haqiqiy vizalar bo‘yicha kelgan xorijiy fuqarolar bilan tuzilgan) asosida amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasalariga umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga muvofiq bo‘lgan ma’lumotga ega xorijiy fuqarolar qabul qilinishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra qabul qilinadi.

Talaba qanday hollarda o‘qishdan chetlashtiriladi?

a) o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
e) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda;
i) vafot etganligi sababli ushbu havolaga o‘ting.

 

Chat