Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 27376 marta o'qildi

Xaridor do‘konga sifatli nooziq-ovqat mahsulotini qaytarib bera oladimi?

Iste’molchi tovar (ish, xizmat) erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli tanlash huquqiga ega.

  • Iste’molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran 10 kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, pulini qaytarib olishga haqli.
  • Agar tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, qadog‘i bilan qaytarilgan bo‘lsa, uning iste’mol xususiyatlari saqlangan va ushbu sotuvchidan sotib olganligini tasdiqlovchi asoslar bo‘lsa, iste’molchining tovarni almashtirish yoxud qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim.

Agar taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, iste’molchi tomonidan to‘langan pul summasini unga qaytarish tovar uchun haq to‘lash qanday shaklda amalga oshirilgan bo‘lsa, xuddi shunday shaklda amalga oshiriladi.

Sotuvchi belgilangan muddatda nooziq-ovqat tovarlari saqlanib qolgan holda qabul qilishni rad etishga haqli emas.

Iste’molchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilishga haqlidir. Da’volar, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, javobgar, iste’molchi joylashgan erdagi yoki zarar etkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi.

Iste’molchilar o‘z huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq da’volar bo‘yicha, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishi ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari iste’molchining (iste’molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar.

Iste’molchilar buzilgan huquqlari bo‘yicha sudga da’vo arizasi bilan murojaat etishsa, qancha miqdorda davlat boji to‘lanadi?

✅ “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonuning 8-moddasiga asosan, iste’molchilar — o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq da’volar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan.

Internetdan onlayn tarzda telefon sotib oldim. Saytning reklamasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan uni etkazib berishganida ma’lumotlar to‘g‘ri kelmas ekan. Bu holatda nima qilish mumkin?

✅ Agar tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri yoki etarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot berilganligi, zarur iste’mol xossalariga ega bo‘lmagan tovar (ish, xizmat) sotib olinishiga sabab bo‘lsa, iste’molchi shartnomani bekor qilishga va o‘ziga etkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir.

✅ Noto‘g‘ri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchiga etkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim.

Sotib olingan muzlatkich yaxshi ishlamadi. Sotuvchi qancha muddatda buni to‘g‘irlab berishi kerak?

✅ Tovarda kafolat muddati davomida topilgan nuqsonlarni sotuvchi iste’molchi tegishli talab qo‘ygan paytdan e’tiboran 20 kun ichida, ishlab chiqaruvchi esa, 10 kun ichida bepul bartaraf etishi lozim.

Sotib olingan tovar nozos holatda bo‘lsa, buning uchun sotuvchidan ma’naviy zarar undirish mumkinmi?

 Iste’molchining huquqlari buzilishi tufayli unga etkazilgan ma’naviy zarar etkazgan shaxs haq to‘lashi lozim. Ma’naviy zarar uchun to‘lanadigan haq miqdorini sud belgilaydi. Ma’naviy zarar uchun haq to‘lash mulkiy ziyon va iste’molchi ko‘rgan zararning o‘rni qoplanishidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.

Mahsulotni olganligimiz to‘g‘risida chek bor, ammo kafolat muddati talonda belgilanmagan. Do‘kon egasi 10 kun ichida kelsangiz almashtirib beraman degan edi. Bu holat qonun bilan tartibga solinganmi?

 Nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, almashtirib berishni talab qilishga haqli. Kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar bo‘yicha 6 oy mobaynida amalga oshirilishi mumkin.

2021-yil 24-iyunь kuni Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi binosida

 

Chat