Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7824 marta o'qildi

Tomorqa er uchastkalari samaradorligini oshirishni hamda qishloq xo‘jaligi kooperativlari a’zoligiga badal to‘lash uchun ishsiz, kam ta’minlangan va kambag‘al oilalarga subsidiyalar ajratishni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga 50 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘lar ajratildi.

2020-yil 20-maydan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda subsidiyalar ajratiladi:
  • aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, etkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa er egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:

          engil konstruktsiyali issiqxonalar urnatish uchun - BHMning 30 baravarigacha;

          sug‘orish vositalari xarid qilish uchun - BHMning 10 baravarigacha;

          urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun - BHMning 3 baravarigacha.

  • qishloq xujaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun - BHMning 10 baravarigacha. Bunda:

         qishloq xo‘jaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilg‘or sohalarda tashkil etiladi;

         qishloq xo‘jaligi kooperativlariga ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar xamda kooperativ faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha tajribaga ega etakchi tadbirkorlar birlashtiriladi.

Subsidiyalar ajratish, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maqsadlar uchun subsidiya va grantlar ajratish tartibini saqlab qolgan holda amalga oshirildi.

Chat