Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9737 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq quyidagilar belgilandi:
  • belgilangan sanitariya-gigiyena me’yorlari va talablariga qat’iy rioya etgan holda 2020-yilning 1-iyunidan “yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda ichki turizm qayta yo‘lga qo‘yiladi va yondosh tashkilotlarning (turopyeratorlar, turagentliklar, joylashtirish vositalari, madaniyat va madaniy myeros obyektlari hamda boshqalar) faoliyati boshlandi;
  • fuqarolariga O‘zbekistonga kirishga ruxsat etiladigan mamlakatlar ro‘yxatini belgilab olgan holda kirish turizmi bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

Turopyeratorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari (mehmonxonalar, dam olish uylari va b.) uchun imtiyozlar:
  • 2020-yil 1-iyundan 31 dekabrga qadar foyda solig‘i stavkasi belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi;
  • 2020 va 2021-yil yakunlari bo‘yicha zararlarni Soliq kodeksida nazarda tutilgan miqdor bilan cheklamagan tarzda o‘tkazish huquqi beriladi;
  • 2021-yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrda turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.

Shuningdek, joylashtirish vositalariga alkogolь mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yig‘imni to‘lashni 2021-yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga davlat soliq xizmati organlarini xabardor qilish va keyinchalik ularni 12 oy mobaynida teng qismlarda to‘lash asosida foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi taqdim etiladi.

2020-yil 1-iyundan 2021-yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda:
  • 12 oy muddatga bir martalik maqsadli foizsiz ssudalar ajratiladi:

turopyeratorlarga 2019-yildagi o‘rtacha oylik ish haqi fondining 3 baravaridan oshmaydigan miqdorda;

joylashtirish vositalariga har bir yotoq o‘rni uchun BHMning 5 baravari miqdorida;

  • turizm sohasidagi “startap” loyihalar va innovatsion biznes g‘oyalarni umumiy 1,5 milliard so‘m miqdorida qisman subsidiyalash;
  • respublika hududlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) xorijiy oshxona yoki alohida yo‘nalish bo‘yicha ixtisoslashgan tematik ovqatlanish shoxobchalari, ovqat va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, shuningdek, suvenir mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlariga loyiha qiymatining 30 foizi, lekin har bir loyiha uchun 100 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
  • yangi turizm mahsulotlari va yo‘nalishlarini ishlab chiqish va targ‘ib qilishga gidlar uchun 5 million so‘m, turopyeratorlar uchun 10 million so‘m miqdorida grantlar ajratish orqali qo‘shimcha ko‘mak ko‘rsatiladi.

2022-yil 1 yanvarga qadar yuridik shaxslar belgilangan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekistonga olib kiriladigan dezinfeksiya uchun jihozlar, texnikalar, ularning ehtiyot qismlari, bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun aloqasiz boshqariladigan (sensorli) jihozlar, shuningdek, hidsiz dezinfeksiyalovchi vositalar uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar va QQS tashqari) ozod etiladi.

Chat