Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 66515 marta o'qildi

Qo‘mita qanday organ?

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi — raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi monopoliyaga qarshi respublika organi.

Qo‘mita o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlis Senatiga hisobdor hamda o‘z vakolatlarini boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil amalga oshiradi.

Qo‘mitaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

Qo‘mita, jumladan:

  • tovar, moliya va raqamli bozorlarda raqobat muhitini ta’minlaydi;
  • kartelь kelishuvlari, til biriktirish va insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;
  • ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlariga chek qo‘yadi;
  • normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholaydi;
  • tanlov va tenderlar, iqtisodiy kontsentratsiya va davlat ko‘magini monopoliyaga qarshi tartibga soladi;
  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
  • asossiz narx oshishi va iste’molchilar huquqlari buzilishiga qarshi choralar ko‘radi.

Iste’molchi qanday masalalar bo‘yicha murojaat qilishi mumkin?

Iste’molchi:

  • sifatsiz tovar yoki xizmat;
  • shartnoma shartlarining bajarilmasligi;
  • asossiz to‘lov yoki hisob-kitob;
  • noto‘g‘ri yoki etarli bo‘lmagan ma’lumot;
  • reklama qonunchiligi buzilishi;
  • savdo va xizmat ko‘rsatishda iste’molchi huquqlari buzilishi yuzasidan Qo‘mitaga murojaat qilishi mumkin.

Qo‘mita iste’molchilar murojaatlari bo‘yicha holatni o‘rganadi, qonunbuzilish aniqlanganda vakolati doirasida choralar ko‘radi va zarur hollarda sudga ham murojaat qilishi mumkin.

Qo‘mita bilan qanday bog‘lanish mumkin?

Qo‘mitaning manzili: 100128, Toshkent shahri, Labzak ko‘chasi, 3-uy.

Aloqa raqamlari:

  • Qo‘mitaning yagona raqami — 71 207-47-00;
  • jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha Call-markaz — 71 207-48-00 (1159).

Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat yuritadi.

Chat