Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8681 marta o'qildi

Shaxsga kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha ish topib berish mumkin bo‘lmagan taqdirda, uning qobiliyatini, sog‘lig‘i holatini, oldingi ish tajribasini va uning uchun qulay bo‘lgan o‘qitish vositalarini inobatga olgan holda kasbini (mutaxassisligini) o‘zgartirishni talab qiladigan ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin.

Maqbul keladigan ish:
  • birinchi marta ish qidirayotganlar uchun - dastlabki kasbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan yoki ularning yoshi va boshqa xususiyatlari hisobga olingan boshqa ish;
  • ishdan mahrum bo‘lganlar uchun - kasbiga mos bo‘lgan, yoshi, sog‘lig‘i holatini, ish staji va tajribasini inobatga oluvchi ish.

Maqbul kelmaydigan ish:
  • ish yashash joyini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lsa;
  • taklif etilgan ish doimiy yashash joyidan ancha uzoq bo‘lsa va transportda qatnash jihatdan qulay bo‘lmasa;
  • taklif etilgan ishni rad etish ishsiz shaxsning sog‘lig‘i holatiga, uning yoshiga va boshqa uzrli sabablarga ko‘ra mavjud moneliklarga asoslangan bo‘lsa.

Chat