O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq, ayolga:
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili jamlangan holda hisoblanadi va tug‘ruqqacha amalda foydalanilgan kunlar sonidan qat’i nazar, to‘liq beriladi.
Nafaqa qonunchilikda belgilangan miqdorda, lekin o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.
«Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqalari sug‘urtalangan shaxsning alohida murojaatisiz proaktiv shaklda tayinlanadi.
Nafaqani tayinlash va to‘lashda sug‘urta staji hamda amaldagi ijtimoiy sug‘urta qoidalari hisobga olinadi.
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili mehnat kafolati, nafaqa esa ushbu davrda daromadning o‘rnini qoplashga qaratilgan ijtimoiy sug‘urta to‘lovidir.
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugagach, ayolning xohishiga ko‘ra:
Bola parvarishlash ta’tilidan to‘liq yoki qismlarga bo‘lib:
Bola parvarishlash ta’tilidagi shaxs o‘z xohishiga ko‘ra:
Bunda bola ikki yoshga to‘lguniga qadar tayinlangan nafaqani olish huquqi saqlanadi.
Bola parvarishlash ta’tili davrida xodimning ish joyi va lavozimi saqlanadi.
Bunday ta’tillarning jami ko‘pi bilan olti yili umumiy mehnat stajiga, shu jumladan mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga qo‘shiladi.
Agar jamoa shartnomasi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, bola parvarishlash ta’tili vaqti keyingi yillik mehnat ta’tiliga huquq beradigan stajga kiritilmaydi.