
Turizm — jismoniy shaxsning doimiy yashash joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda vaqtincha boshqa joyga borishi bilan bog‘liq sayohatdir.
Bunda shaxs tashrif buyurgan joyida haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmaydi.
Turist — vaqtincha bo‘lish joyida 24 soatdan 12 oygacha bo‘lgan davrda bo‘ladigan yoki kamida bir marta tunab qoladigan, ammo u erda daromad olish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirmaydigan shaxs.
Turistik xizmatlar, jumladan:
Taraflar kelishuviga ko‘ra turistik xizmatlar tarkibiga qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xizmatlar ham kiritilishi mumkin.
Gid — turistlarga axborot va tashkiliy xizmat ko‘rsatadigan, tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega jismoniy shaxs.
Gid, ekskursiya etakchisi va yo‘riqchi-yo‘lboshchi tegishli malaka sertifikatini olganidan keyin o‘z xizmatlarini mustaqil ravishda ko‘rsatishi mumkin.
Turizm sohasidagi vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi.