Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 22952 marta o'qildi

Ilmiy faoliyat - ob’ektlar, hodisa (jarayonlar)ning xususiyatlari, o‘ziga xosliklari va qonuniyatlarini aniqlash maqsadida borliqni o‘rganish va olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan faoliyat hisoblanib, fundamental va amaliy tadqiqotlardan iboratdir.

  • Fundamental tadqiqotlar tabiat, jamiyat va insonning tuzilishi, shakllanishi va rivojlanishiga oid asosiy qonuniyatlar haqida yangi bilimlar olish, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, shuningdek muayyan faoliyat natijasida yaratilgan ob’ektlarni o‘rganishga yo‘naltirilgan nazariy va (yoki) tajribaga yo‘naltirilgan faoliyat hisoblanadi.
  • Amaliy tadqiqotlar amaliy maqsadlarga erishish va aniq vazifalarni hal etish uchun asosan yangi bilimlar va fundamental tadqiqotlar natijalarini qo‘llashga yo‘naltirilgan faoliyat hisoblanadi.

Ilmiy faoliyat yurituvchi jismoniy va yuridik shaxslar ilmiy faoliyat sub’ektlari hisoblanadi.

  • Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasidagi ilmiy faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Davlat ilmiy tashkilotlari, shuningdek davlat ta’lim muassasalari tarkibidagi ilmiy va ilmiy-texnikaviy tuzilmalarda faoliyat yurituvchi xodimlar lavozimlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Ilmiy faoliyat yurituvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni bilan birga ilmiy faoliyat ham yuritiladi.

  • Oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari tegishli yo‘nalishlarda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari shart.
  • Oliy ta’lim muassasalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazlari va boshqa tashkilotlarni ta’sis etish, shuningdek noyob ilmiy ob’ektlarni tashkil etish huquqiga egadir.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vakolatlari:
  • ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, davlat ilmiy dasturlari, shuningdek xalqaro dasturlarni shakllantirish bo‘yicha takliflar beradi;
  • ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy bog‘liqligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi;
  • ilmiy faoliyat sub’ektlari uchun ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazlari, noyob ilmiy ob’ektlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish bilan bog‘liq zarur shart-sharoitlarni yaratadi;
  • ilmiy tashkilotlarning ilmiy salohiyatini oshiradi va ilmiy darajali kadrlar tayyorlaydi;
  • ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga ko‘maklashadi va ularning egalarini rag‘batlantiradi, shuningdek yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, ularning samarali ilmiy faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi va boshqalar.

O‘zbekiston Respublikasining ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasida xalqaro hamkorligi milliy ilmiy maktablarning jahon miqyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, dunyo ilm-fani va texnologiyalari ilg‘or yutuqlaridan milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini yuksaltirishda foydalanish, chet el investitsiyalari, chet ellik etuk ilmiy va texnologiya markazlari, olimlar, mutaxassislarni mamlakatga jalb etish, ilmiy faoliyat yurituvchi jismoniy shaxslarning xorijda tajriba va malaka orttirishlarini ta’minlash maqsadlarida amalga oshiriladi.

Tegishli fan yo‘nalishlari bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD), fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalarini, professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarini berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Chat