Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 50493 marta o'qildi

Bojxona organlari tizimi

Bojxona organlari tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, uning hududiy tuzilmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari kiradi.

Bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar hisoblanadi. Ular o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart.

Bojxona organlarining asosiy vazifalari

Bojxona organlari:

  • jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qiladi;
  • mamlakatning iqtisodiy manfaatlari va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etadi;
  • bojxona qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • bojxona to‘lovlarining to‘g‘ri hisoblanishi va undirilishini ta’minlaydi;
  • bojxona sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularning oldini olish choralarini ko‘radi.

Bojxona organlari qanday huquqlarga ega?

O‘z vazifalarini bajarish uchun bojxona organlari qonunchilikda belgilangan doirada tovarlar va transport vositalarini tekshirishi, zarur hujjat va ma’lumotlarni talab qilishi, bojxona nazoratini amalga oshirishi va belgilangan hollarda boshqa nazorat choralarini qo‘llashi mumkin.

Bojxona organlarining harakatlari va qarorlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi shart. Shaxs bojxona organining qarori yoki mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Chat